Labirint (anatomiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Labirint (anatomiyada) - baʼzi umurtqali hayvonlar va odamning ichki qulogʻi. Havo tebranishlarini tovush sifatida qabul qiladi va gavda vaziyatining oʻzgarishlarini sezadi, chakka suyagining piramidasida boʻladi. Oval va yumaloq darchalari bilan oʻrta quloqqa tutashadi. Suyak va parda L.ga boʻlinadi. Parda L. ichida endolimfa suyuqligi bor. Suyak L. bilan parda L. orasidagi kichik kamgak perilimfa bilan toʻla. L.ning dahlizi, chigʻanogʻi va yarim doira kanallari bor. Eshitish organi (Korti organi) chigʻanoqda joylashgan, yarim doira kanallar esa muvozanat aʼzosidir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil