Kyuri (qonun)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kyuri - VEYS QONUNI - baʼzi paramagnit moddalar solishtirma magnit singdiruvchanligi x ning temperatura T ga bogʻlikligini ifodalovchi qonun: %=S/T, bunda S — modda doimiysi (Kyuri doimiysi). Bu qonunni 1895 yilda P. Kyuri kashf qilgan. Nodir metallar, tuzlar, eritmalar va baʼzi gazlar (mas, kislorod) da oʻtkazilgan tajribalar Kyuri qonunining toʻgʻriligini tasdiqlaydi. Lekin koʻpgina moddalar-magnit singdiruvchanligi x ning temperatura T ga bogʻlikligi %= S7(T-9) formula bilan ifodalanadi, bunda S—modda doimiysi, 6 — Kyuri nuqshasi yoki Neyel nuqtasi. Kyuri qonuniga oʻxshash bu qonunni 1907 yilda fransuz fizigi P. Veys (P. Weiss, 1864—1940) kashf qilgan. K. — Kyuri (qonun) magnit momentlarining tashuvchilari oʻzaro taʼsir qiluvchi moddalar uchun Kyuri qonunining umumiy holidir. Koʻpgina holdarda S" doimiysi Kyuri qonunidagi S doimiysiga mos toʻshadi. Tajriba natijalari, odatda, 1/x ning temperatura T ga bogʻliqligini ifodalovchi grafigi asosida hisoblanadi. Bunda toʻgʻri chiziq (a yoki ) ning ogʻishi S’ni, uning T oʻqi bilan kesishgan nuqtasi ye ni belgilaydi (S manfiy yoki musbat boʻlishi mumkin).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil