Kvetta madaniyati
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kvetta madaniyati - Shim. Balujistondan topilgan eneolit va jez davriga mansub arxeologik yodgorliklar. Ingliz arxeologlari V. Ferservis va S. Piggotlar tomonidan oʻrganilgan (20-asrning 20-y.lari). Kil-Gul-Muhammad, Damb-Sodot va Sur-Jangalda olib borilgan arxeologik kazishmalar natijasida mahalliy madaniyatning tadrijiy taraqqiyot yoʻli aniqlandi. Qad. manzilgoxlar mil. av. 4-ming yillikka doir (radiouglerodli tekshirishga koʻra, mil. av. 3500—3100 y.larga toʻgʻri keladi). Qoʻlda yasalgan chaqmoqtosh qurollar, sopol buyumlar hamda paxsadan qurilgan turar joylarning koʻp ekanligi qayd etildi. Qoʻy, echki va buqa suyaklarining topilganligi yovvoyi hayvonlar xonakilashtirilganini isbotladi. Mil. av. 3—2-ming yillikda sopol idishlar kulolchilik dastgohlarida tayyorlana boshlagan, idishlarning aksariyati geometrik shakllar bilan bezatilgan. Shuningdek, sopol haykalchalar va mis buyumlar yasash ham keng yoʻlga qoʻyilgan. Aholi, asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. K.m.da Eron, Jan. Balujiston, Hindiston va Oʻrta Osiyo madaniyatlari bilan bogʻliqlik yaqqol koʻzga tashlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |