Kvarta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kvarta (lot. quarta (pars) — chorak, toʻrtdan bir, ing . va nem. Quart — gallonning toʻrtdan bir qismi) — 1) suyuqlik va sochiluvchan jismlar hajmining metrik tizimga kirmagan oʻlchov birligi. AQSH, Buyuk Britaniya va b. davlatlarda qoʻllanadi. Buyuk Britaniyada t-rasi 16,67° va bosimi 762 mm sim. ust.ga teng sharoitda 2,5 funt massali distillangan suvning hajmiga teng , yaʼni 1 K= 1,13652-10~3 m3. Ammo vinoning hajmini oʻlchashda 1K=9,46358 ■10~4 m3, spirt uchun esa 1K=6,4910~4 m3 ga. AQSH da vino va neftning miqdorini oʻlchashda 1K=9,463581O~4 m3 ga, quruq sochiluvchan jismlar hajmini oʻlchashda 1K=1,1012310~3 m3 ga. Ilgari Rossiyada suyuqlikning oʻlchov birligi sifatida krujkadan foydalanilgan. U baʼzida K. deb ham atalgan. Ukraina, Polshada 1 K taxminan 1l ga teng boʻlgan; 2) Lotin Amerikasidagi davlatlarda uzunlik oʻlchov birligi; taxminan 20 sm ga teng; 3) 16—18-asrlarda Polshada va u bosib olgan Ukraina yerlarida yerga egalik soligʻi. Qirollar yer-mulkidan olinadigan daromadning -% qismini tashkil etgan; 4) K. musiqada — 4 pogashali interval.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil