Kuzupchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuzupchi — Xitoydagi qumlik. Ordos platosining shim. chekkasi va Xuanxe daryosining oʻng sohilida, 1100– 1700 m balandlikdagi terrasalarni egallaydi. Oʻz. 370 km, kengligi 40 km gacha. Qumning qalinligi 100 m gacha. 15–30 m balandlikdagi harakatlanuvchi barxanlar yarim koʻchmas qumlar bilan almashinadi. Shoʻrxok, koʻl, taqirlar uchraydi. K.ning sharqiy chekkasida "kuylovchi" qumlar bor. KUY (qad. turkcha koʻch, xitoycha syuy — ohang soʻzidan), melodiya — 1) musiqa sanʼatida asosiy ifoda vositasi, bir ovozli, badiiy tugʻallangan musiqiy fikr; turli balandlik va choʻzimdagi musiqiy tovush (toi)larning oʻzaro uyushib tugal shaklga tushgan birikmasi. Musiqiy jumla va ibo-ralarga boʻlinadi. K. bir ovozli musiqa tizimiga asoslangan monodiyada., shuningdek, koʻp ovozli polifoniya (boshqa ovozdagi kuylar bilan birgalikda) hamda gomofoniya (akkordlar yoki boshqa ovozlar joʻrligida) uslublarida namoyon boʻladi. Monodik musiqada K. tugal badiiy obrazning yagona musiqiy ifodasi hisoblanadi, koʻp ovozli musiqada esa badiiy mazmun bosh ovoz yoki bir necha ovozlar, shuningdek, garmoniya va kontrapunkt vositalari orqali ham ifodalanadi.

K. musiqaning koʻp boʻgʻinli ifodaviy vositasidir, unda aksariyat musiqa unsurlari — tovushqator, lad, ritm (vazn-usul), ijro surʼati, cholgʻu to-vushi va inson ovozining tusy (tembr) va boshqa mujassamlashgan. K. anʼanaviy hamda kompozitorlik musiqa ijodining eng qimmatli badiiy vositasi hisoblanib, unda tarixiy va mahalliy uslublar, milliy ohang hamda musi-qiy tushunchalar oʻz aksini topadi. Oʻrta asrlar turkiy adabiyotida Abdulqodir Marogʻiy, Navoiy K.ni koʻg (baʼzan — koʻk) deb atashgan:Dedim tarovaye jonbaxsh mutribo, sen xud Firoq sozi tuzub ulturur koʻgi cholding.

(Navoiy, "Xazoyin ul-maoniy")Shu bilan birga, Xusayn Boyqaro va Bo-bur asarlarida ayvan K. tarzi va K. maʼnosida uchraydi. Oʻrta asr musiqa ri-solalarida K. masalalari keng yoritilgan (yava q. Alhon); 2) turkiy tilli xalqdar (oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, turk va boshqalar) da har xil shaklli cholgʻu musiqa asari.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil