Kuznetsk soyligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kuznetsk soyligi - RF Kemerovo viloyatidagi soylik. Kuznetsk Olatovi, Salair qirlari va Togʻli Shoriya massivi orasida. Maydoni 70 ming km². Oʻz. 400 km, kengligi 100–120 km. Oʻrtacha balandligi 200–500 m. Iqlimi kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 18—20°, yanvarniki —18°, yillik yogʻin 350–500 mm. Koʻproq oʻrmon va oʻrmonli dasht oʻsimliklari oʻsadi. Kuznetsk soyligi hududida Kuznetsk koʻmir havzasi joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil