Kuyov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kuyov — qarindoshlik munosabatlarini ifodalaydigan atama. 1) Qizning eri (qizning ota-onasiga nisbatan); 2) uylanayotgan yoki uylangan yigit oʻz qayligʻiga, uning ota-onasi, qarindoshlari, hatto mahalladoshlariga ham K. hisoblanadi. Uni kattalar K., kichiklar pochcha deb ataydilar. Yigit unashtirilgandan boshlab K. nomini oladi. Kelin tomon K.ni juda katta izzat, ehtirom bilan hurmat qiladi. Matriarxatdan patriarxatga oʻtilishi natijasida oʻzining oilaviy, urugʻ xoʻjaligi bilan mustahkam bogʻlangan yigit qizni oʻz oilasiga olib kiradi. K. likning kelib chiqishi ekzogam nikoh hamda nikohdan soʻng qizning yigit uyiga kelib yashashi bilan paydo boʻlgan. Oʻzbeklarda erga chiqqan qiz, asosan, K.nikiga kelib yashaydi, ammo uylangandan soʻng qaynotaqaynonaning uyida yashab qoluvchi K. (ichkuyov) ham boʻladi (yana q. Ichkuyov).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil