Kuvez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kuvez (frans. couveuse — inkubator) — maʼlum haroratli, havosi namlangan va kislorodga boy moslama (apparat); chala va nimjon tugʻilgan chaqaloqlarning tana haroratini bir maromda saqlash uchun qoʻllanadi. K.ning ochiq (felka-karavot) va yopiq (tibbiy inkubator) xillari bor. Kadimda chala tugʻilgan chaqalokdarni issiq jun mato yoki paxta va shunga oʻxshashlarga oʻrabchirmab telpakka solib parvarishlashgan. 19-asr ning 2- yarmidan boshlab Rossiya, Avstriya, Fransiya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarda ancha takomillashtirilgan K. ishlab chiqarila boshlandi. Ulardan keng tarqalgani Kredes vannochkasi boʻlib, uning devorlari ikki qanat metalldan yasalgan, tubida sovuq suv chiqib ketadigan yoʻli boʻlgan. Devorlari orasiga vaqt-vaqti bilan voronka orqali issiq suv quyib turilgan. Uning anchagiva kamchiliklari ham boʻlgan. 1878 yilda Parijda yogʻochdan yasalgan K.lar rasm boʻldi. Keyinchalik elektr K.lar ishlab chiqarila boshlandi. Boʻlar metalldan yasalgan boʻlib, devorlari orasida K. ichidagi haroratni bir xil ushlab turadigan moslamalar mavjud, ular yordamida tashqaridan turib ichkaridagi chaqaloqlarga mos va xos iqlimni yaratish mumkin boʻladi. Bu K.larning yuqori qismi ochiq boʻlgani bois, chaqaloqlar choyshabga oʻralib toʻgʻridan-toʻgʻri K. ichiga yotqiziladi, soʻngra hamshira kerakli muolajani bemalol bajaraverishi va hatto uni choʻmiltirishi ham mumkin. OʻzRning tugʻ-ruq komplekslari va shifoxonalarning bolalar boʻlimlarida chala tugʻilgan chaqaloqlar boʻlimi mavjud, ular barcha qulayliklari bor K.larda parvarish qilinadi. Xususan, hozir mamlakat tugʻruqxonalarida Yaponiyaning "Xitachi" firmasidan grant asosida olingan K.lardan foydalanilmokda. Bu K.lar hozirgi zamon talabiga javob beradigan barcha moslamalar (moʻʼtadil harorat, namlik, kislorod, chaqaloq vaznini oʻlchash tarozlari, kvars lampalari va h. k.) bilan jihozlangan. Moslamalar orqali shifokor qoʻllari bilan K.ning old devoridagi eshikchalardan bolani tekshirishi, muolajalar qilishi va vaqt-vaqti bilan ketliklarini yangilashi, tarozida tortib ogʻirligini nazorat qilib turishi mumkin. K. de-vorlari oyvasimon plastmassadan yasalgan, bu bola holatini koʻzatib turish imkonini beradi. K. ichida chaqaloq yalangʻoch holatda maxsus karavotchada yotadi. K. ni steril tarzda ushlab turish mumkin, buning uchun uning devorlari yuviladi, ichi esa kvars lampasi orqali mikroblardan tozalanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil