Kusto Jak Iv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

KUSTO (Cousteau) Jak Iv (1910.11.6, Sen-Andre-de-Kyubzak, Fransiyaning Bordo viloyati — 1997) — fransuz okeanografi, sayyoh. Suv ostida texnik vositalar yordamida tadqiqotlar olib borish va kinoga olishni boshlab beruvchilardan. Yoshligida oilasi bilan AQShda yashagan. Fransiyaga qaytgach, Milliy oliy harbiy-dengiz maktabini tugatgan. 1933 yil dan harbiy kemada, keyinroq harbiydengiz aviatsiyasida xizmatini oʻtagan. 1942 yil K. suv osti jonivorlari haqida film yaratuvchi kompaniyaga asos soladi. 1952 yildan tadqiqotlar olib boruvchi "Kalipso", 1985 yildan "Alkiova" kemalariga rahbarlik qilgan. 1954 yil shu kemada K. Qizil dengiz va Hind okeaniga, Seyshel o.lariga joʻnab ketadi. Vatijada kino soxdsida yuksak mukofotlarga sazovor boʻlgan "Kusto guruhi sarguzashtlari", "Sokinlik dunyosi" kabi koʻp seriyali filmlar yaratildi. Akvalang (E. Ganyan bilan birga), suv osti uyi, "shoʻngʻuvchi likopcha" apparatini ixtiro qilgan. 1957 yildan Movakodagi Okeanografiya muzeyi direktori. Ommabop kitoblar va filmlar muallifi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil