Kushit xalqlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kushit xalqlari - Sharqiy Af rikada yashovchi xalqlar. Umumiy soni 30 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Tarkibiga oromo, somali, beja (bedavir), afar, danakil va saxo, agav, sidamo, burji, kaffa, olito, gimirra, iraku, gorova, rendille, gabbra, konso, gonga va boshqa xalq va elatlar kiradi. Efiopiya aholisining 50% ni tashkil qiladi (oromo va boshqa 30 dan ortiq etnoslar). Shuningdek, Shimoliy Tanzaniya, Shimoliy Uganda, Somali, Sudan va Misr Arab respublikasi (Qizil dengiz boʻylari)da ham yashaydilar. Somxom til oilasining kushit til guruhida soʻzlashadilar. Negroid irqiga mansub. Dindorlari — sunniy musulmonlar, xristianlar (katoliklar, lyuteranlar) ham bor. Kushit xalqlari koʻchmanchi, yarim koʻchmanchi chorvachilik (tuya, kuy, echki, qoramol), daryo boʻylarida yashovchilar dehqonchilik (paxta, tariq, sholi va boshqalar), dengiz boʻylarida yashovchilar baliq ovlash va h. k. bilan shugʻullanadilar.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil