Kushit tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kushit tillari — som-xom tillari oilasiga mansub. Shim.-Sharqiy va Sharqiy Afrikada tarqalgan. Kushit tillarida soʻzlashuvchilarning umumiy miqdori 25,7 mln. kishidan ortiq. Kushit tillari 5 guruhga ajratiladi: 1) shim. kushit — Sudanning shimoli-sharqi va Efiopiyaning shim.dagi badaviy tili; 2) markaziy kushit — Efiopiyaning shim. va shim.gʻarbidagi agav tillari; 3) sharqiy kushit — Efiopiyaning janubi -gʻarbidagi burjisidamo tillari, Efiopiyaning shim.-sharqidagi afarsaxo tillari, Somalidagi, Efiopiya sharqi va Keniyaning shimoli-gʻarbidagi somali tillari, Efiopiya janubi va Keniya shimolidagi gʻalla tillari va boshqa tillar; 4) jan. kushit — Tanzaniyaning shim. va shim.sharqidagi prakv va ara-maniq tillari; 5) gʻarbiy kushit yoki omot guruhi — Efiopiyaning jan. hududlaridagi aribanva, tako, kaffa, yamma, ometo, volamo tillaridan iborat. Kushit tillari oʻzaro qarindosh tillar boʻlganidan, ularning fammatik qurilishi va lugʻat tarkibi muayyan umumiylik va oʻxshashliklarga ega. Shu bilan birga, undosh fonemalarning miqdori va sifati, kelishiklar miqdori boʻyicha Kushit tillari bir-biridan farq qiladi. Kushit tillaridan faqat ikkitasi oʻz yozuviga ega: somali tili (1973 yildan, lotin alifbosi asosida) va oromo tili (1977 yildan, efiop alifbosi asosida).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil