Kontent qismiga oʻtish

Kurt Zouma

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kurt Zouma
Zouma warming up for West Ham United in 2021
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kurt Happy Zouma[1]
Tavallud sanasi 27-oktyabr 1994-yil (1994-10-27) (31 yosh)[2]
Tavallud joyi Lyon, Fransiya
Boʻyi 1.90 m[3]
Ampluasi Markaziy himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003–2009 Vaulx-en-Velin
2009–2011 Saint-Étienne
Medallar
Men's Football
Fransiya bayrogʻi Fransiya vakili
FIFA U-20 World Cup
Gʻolib 2013

Kurt Happy Zouma (fransuzcha: Kurt Happy Zouma; 1994-yil 27-oktabrda, Fransiyaning Lion shahrida tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, Angliyaning „Vest Xem United“ klubi va Fransiya terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Kurt Vod-an-Velin klubining yoshlar jamoasida oʻynagan. 2011-yil 2-aprelda Zouma klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan[4]. U 2011/12-yilgi mavsumda asosiy jamoada oʻynay boshlagan. Kurtning asosiy jamoadagi debyuti 2011-yil 31-avgustda Liga kubogi doirasida „Bordo“ ga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan. Kurt Zouma butun oʻyinni maydonda oʻtkazdi va u „Sent-Etyen“ning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[5]. 2014-yilda Zouma Angliyaning „Chelsea“ klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, biroq mavsum oxirigacha „Sent-Etyen“ klubida ijarada qoldi. Zoumaning katta akasi Lionel bor, u ham professional futbolchi va „Sosho“ klubida oʻynaydi[6].

2014/15-yilgi mavsumda Zouma Londonning "Chelsea" jamoasida oʻynay boshladi. 24-sentabr kuni Zouma futbol liga kubogining 3-bosqichi doirasida „Bolton Uonderers“ ga qarshi oʻyinda „Chelsea“ ga urilgan gol bilan shaxsiy hisobini ochdi[7]. 2017-yilning 21-iyulida Kurt 2017/18-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Stok City“ klubiga o‘tdi. U 2018/19-yilgi mavsumni "Everton" da ijara asosida oʻtkazdi.

2021-yil 28-avgustda Kurt Zouma „Vest Xem United“ bilan 29,8 million funt sterlingga toʻrt yillik shartnoma imzoladi[8][9].

Xalqaro martaba

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 19 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha Fransiya terma jamoalarida qatnashgan[10]. Zouma 2015-yilning 28-mart kuni Daniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Fransiya terma jamoasi safida debyut qilgan va 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan[11].

Jamoa yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Chelsi"

Shaxsiy yutuqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Chelsea“da yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2015

Shahsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zoumaning ota-onasi Fransiyaga Markaziy Afrika Respublikasidan koʻchib kelgan. Uning Lionel ismli akasi bor, u ham professional futbolchi.

Xalqaro statistika

[tahrir | manbasini tahrirlash]
14 fevral 2016 [12]
milliy terma jamoa Yil Doʻstona Turnirlar Jami
Oʻyinlar maqsadlar Oʻyinlar maqsadlar Oʻyinlar maqsadlar
Fransiya 2015-yil 2 0 0 0 2 0
umumiy martaba 2 0 0 0 2 0

Terma jamoa uchun oʻyinlar va gollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Zoumaning Fransiyadagi oʻyinlari va gollari
sana Raqib Tekshirish Zouma gollari Musobaqa
1 29 Daniya 2:0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2 11 Daniya 2:1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
  1. „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2018-yil 2-fevral). — „Zouma, Kurt Happy“. Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  2. „Kurt Zouma“. Barry Hugman's Footballers. Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  3. „Kurt Zouma: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2018-yil 26-avgust.
  4. „Kurt Zouma signe pro à Saint-Etienne“ (fr). Foot Transferts (2011-yil 2-aprel). 2012-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Saint-Étienne v. Bordeaux Match Report“ (fr). Ligue de Football Professionnel (2011-yil 31-avgust). 2012-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Lionel Zouma dans le grand bain… mais sans bouée“ (fr). Le Pays (2011-yil 24-noyabr). 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Match report: Chelsea 2 Bolton Wanderers 1“ (en). Official site "Chelsea FC" (2014-yil 25-sentyabr). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-sentyabr.
  8. „France international defender Kurt Zouma joins West Ham United“ (en). www.whufc.com. 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  9. „West Ham sign Zouma from Chelsea“. BBC Sport. 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  10. „Kurt Zouma“ (en). Transfermarkt.com (2014-yil 2-dekabr). 2015-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-dekabr.
  11. „France 2:0 Denmark“ (en). Transfermarkt.com (2015-yil 28-mart). 2015-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
  12. „Internationals: Kurt Happy Zouma“ (en). Bounder.friardale.co.uk (2015-yil 2-aprel). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-aprel.