Kurs loyihasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kurs loyihasi - texnika yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlovchi oliy oʻquv yurtlari, oʻrta maxsus va kasbhunar oʻquv yurtlari (kasb-hunar kolleji) talaba (oʻquvchi)lari tomonidan oʻquv yili (kurs, semestr) davomida bajariladigan mustaqil ish. Kurs loyihasida obʼyekt, jarayon, rejalashtirish va h.k.ning joʻzʼiy boʻlagi tahlil qilinadi, baʼzi sifati yoki koʻrsatkichi yangidan loyihalanadi. Kurs loyihasi grafik qism va hisob-tushuntirish xatidan iborat. Kurs loyihasini bajarish jarayonida talaba (oʻquvchi)lar texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, ishlab chiqarishni tashqil etish va rejalashtirish boʻyicha olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar, i. t.da muayyan koʻnikma hosil qiladilar, ilmiy-texnika va maxsus adabiyotlar, namunaviy loyiha va shahrik.dan foydalanishni oʻrganadilar. Kurs loyihasiga tajri-bali prof.-oʻqituvchilar va ishlab chiqarish yetakchi mutaxassislari rahbarlik qiladi. Kurs loyihasi talaba (oʻquvchi)larni bitiruv malakaviy ish yoki magistrlik dissertatsiyalarini mustaqil bajarishga tayyorlaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil