Kurbe Jan Dezire Gyustav

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kurbe Jan Dezire Gyustav
Tavalludi 10-iyun 1819[1][2][3][4]
Vafoti 31-dekabr 1877[1][5][6][3][4]
Fuqaroligi Fransiya[7]

Kurbe Jan Dezire Gyustav (fransuzcha: Jean Désiré Gustave Courbet; 1819.10.6, Orvan, Fransh-Konte — 1877.31.12, Turde-Peyls, Shveysariya) — fransuz rassomi, jamoat arbobi. 1837-yildan rassomchilik maktabiga katvab oʻqigan, 1839-yildan xususiy atelyelar (jumladan, Kurbe Shtyoben atelyesi)ga qatnagan, naturadan asarlar yaratgan, lekin rassom sifatida mustaqil shakllangan. Kurbe ispan va golland rang-tasviridan (ayniqsa, Rembrandt, F. Xals ijodidan) taʼsirlangan. Kurbe realistik sanʼat taraqqiyotiga katta taʼsir qilgan; asarlarida ijtimoiy hayotda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni, oʻzi bilgan, uni oʻrab turgan voqealarni tasvirladi: "Tosh maydalovchilar" (1849), "Ornanda dafn marosimi" (1849), "Choʻmilayotgan ayollar" (1853), "Uchrashuv" (1854), "Qishloqlik nozik oyimlar" (1851), "Qishki manzara" (1867), "Togʻdagi kulba" (taxminan 1874) va boshqa Kurbe, shuningdek, barelyef va haykallar ham yaratgan.[8]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]