Kuntugʻmish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuntugʻmish — oʻzbek xalq dostoni. Nurmon Abdivoy oʻgʻli, Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Egamberdi Ollamurod oʻgʻli, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli va boshqa baxshilardan yozib olingan. Ergash shoir va Bekmurod baxshi variantlari nashr etilgan (1971, 1975). 12-asrgacha Turkiston va Talas atrofida yashagan turk-oʻgʻiz qabilalarining turli vaql, afsova va tarixiy qoʻshiqlari zaminida, qadimiy oʻgʻiz epik anʼanalari asosida paydo boʻlgan. Dostonda noʻgʻaylar podshosi Avliyoyi Qoraxonning oʻgʻli bilan Zangar shahri vazirining qizi Xolbeka orasidagi sevgi hikoya etiladi. „Kuntugʻmish“ mukammal kompozitsion birlikka ega. Unda zulm va haqsizlik qoralangan, sevgi, vafo, sadoqat va adolat ulugʻlangan. „Kuntugʻmish“ning yozib olingan turli

Taqriz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mardlik, jasorat, g'urur va oriyat tushunchalari madh etilgan asar - Kuntug'mish.

Bu doston bilan birinchi marta maktab paytlarimda tanishganman. Mana, oradan vaqtlar o'tib, uni qayta o'qidim va hulosalarimni bera olish darajasiga yetib keldim. O'zbek xalq og'zaki ijodi juda keng tushuncha. U asrlardan beri og'izdan og'izga o'tib kelayotgan ma'naviy boyliklardir. Taassubki, bu boyliklarimizga kommunistik rejim davrida ancha talofat yetdi. Ilmu-ma'rifatga zid hokimyat dinu-diyonatdan tortib an'anaviy qadriyatlarimizgacha chang soldi. Men dostonnavis emasman, filolog yoki adabiyotshunos ham. Ammo xolis tahlilchi kitobxon sifatida aytishim mumkinki Kuntug'mish dostonida dinimizga zid bo'lgan ayrim voqea hodisalar bor. Ammo asosiy g'oya bu qusurlarini bartaraf etadi albatta. Asar syujetiga ozroq to'xtalsak. No'g'ay podshohlaridan Avliyoyi Qoraxonning Kuntug'mish ismli jasur o'g'li bo'ladi. U shaxri Zangar nomli yurtda vazir bo'lgan Shoir vazirning qizi Xolbekani tushida ko'rib, sevib qoladi. Bu holat ayni Xolbekada ham sodir bo'ladi. Bu vaqtgacha Xolbeka ta'bir joiz bo'lsa hech kimga bo'y bermayotgan, menga yetishmoq istaydigan kas bo'lsa men bilan nard o'ynasin. Agar yutsa unikiman, yutkazsa kallasini olaman derdi. Xolbeka tushida ko'rgan yoriga yetsin deya sandiqqa maktub, o'z uzugini solib, oltin bilan muxrlab daryoga oqizib yuboradi. Nasibani qarangki, bu sandiqqa hech kim tegmay, to'g'ri shikorda yurgan Kuntug'mish oldiga boradi. Kuntug'mish yigitlariga sandiqni suvdan olib chiqishni buyuradi. Shunda yigitlar e'tiroz bildirib, " Podishohman deb suvda ko'rgan narsangiznida olib qo'yaverasizmi" deyishadi. Kuntug'mishni adolatini qarang: " Mayli, sizlar yo ustini yo ichini tanlanglar, men qaysini olsangizda roziman" deydi. Yigitlar qulfi tilladan bo'lgani uchun ustini tanlab, sandiqni ochishadi. Kuntug'mish sandiq ichidagi suratni, maktubni ko'rib ko'ngliga ishq tushadi va yori tomonga borish ishtiyoqi tug'uladi... Doston judayam qiziqarli. Voqealar kutilmagan tarzda o'zgarib sizni hayron qoldiradi. Yana dostonda ajab g'urur va oriyatni ko'rasiz. Masalan, shahri Zangar podshoxi Buvraxonni oling. U Xolbekani ishqida sarsonu-sargardon bo'ladi. Xolbekani nardda yutishga ko'zi yetmay, unga kelgan sovchilarni Xolbekaga uchrashishlaridan avval bartaraf etadi. Keyin Kuntug'mish kelib Xolbeka bilan birga bo'lganini bilganidan so'ng u ikkisni tutib keltiradi. Va ularni ikkisini ham ayovsiz o'limga mahkum qiladi. BU bir qarashda zolim tanlovdek ko'rinishi mumkin, ammo g'urur va andisha jihatidan to'g'ridir. Tasavvur qiling. Uyingizda sevgan insoningiz yashaydi. U sizni sevmasada uni himoya qilish uchun atrofini tozalaysiz, yomonlardan saqlaysiz. Kun kelib sizni yoqtirib qolishiga umid bog'laysiz. Va to'satdan biri uyingizga bostirib kelib hech kimga gard yuqtirmay saqlayotgan gulingizni olib ketsa, va yoqtirganingiz ham unga moyil bo'lsa... Bu er kishi kishi uchun juda og'ir holat. Bu g'ururga tegish hisoblanadi. Shu tufayli Buvraxon ikki yoshni bahridan o'tib qo'yaveradi.

Kuntug'mishning mardligi misoli Azbarxo'jaga jonini bir kosa suv va bir burda nonga sotganida bilinadi. Bu ham qaysidir ma'noda g'ururga bog'liq. Azbarxo'ja uni kamsitgandek bo'lib " Senga non suv bersam bir odamimni jonini olgan bo'laman. " deydi. O'zbaki - Zo'raki deganlari rostda! Kuntug'mish bu gapdan jig'ibiyroni chiqib, ajdarhoni yengani otlanadi. Yengadi ham. Azbarxo'ja unga sotqinliklar qiladi.

Asarda ichlik kasofati, yoshlikdagi xatolar, onalar muhabbati, ba'zida bee'tiborligi ham malomat qilinadi. Yana Allohga bo'lgan ishonch, mehr-muruvvat tuyg'ulari ham bu dostonda o'z aksini topgan. Umumiy ma'noda aytganda asar menga yoqdi.

Muallif: Muhammad Amin Ne'matulloh

variantlari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti folklor arxivida saqlanadi. Doston „Bulbul taronalari“ (1972), „Oʻzbek xalq ijodi“ (1975) kabi toʻplamlarga kiritilgan. H.T.Zarifov, V.M.Jirmunskiy, M.Saidov, T.Mirzayev va boshqa tomonidan tadqiq qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mirzayev T., Xalq baxshilarining epik repertuari, Toshkent, 1979.