Kunial

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kunial — misning nikel (5— 15%) va alyuminiy (1—3%) bilan qotishmasi. K-A va K-V xillari bor. K-A da nikel — 13,5%, alyuminiy — 2,5%, krlgani mis; K-V da nikel — 6,3%, alyuminiy — 1,5%, qolgani mis. K. termik ishlangandan soʻng qattiqlashadi. Mustahkamligi boʻyicha baʼzi konstruksion poʻlatlardan qolishmaydi; ochiq havoda, chuchuk va dengiz suvlarida zanglamaydi. K. kemasozlikda va asbobsozlikda konstruksion va prujinabop material sifatida ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil