Kontent qismiga oʻtish

Kungaboqar moyi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kungaboqar moyi - kungaboqar magʻzidan olinadigan moy. Kungaboqar moyi och sariq tusli. Presslab yoki ekstraksiyalab olinadi. Zichligi 925–927 kg/m3 (20° da), yod soni 119—136, gidroksil soni 2—10,6. Qotish harorati —16—19°. Kungaboqar moyi tarkibidagi yogʻ kislotalari miqdori (%): stearin 1,6—4,6, palmittin 3,5—6,4, miristin 0,1, olein — 24—40, linol 46—62, linolen 1 gacha. Yogʻ kislotalarining oʻrtacha mol. m. 275— 286. Fosfatidlar, tokoferollar va mum miqdori moy olish va ishlov berish usuliga bogʻliq. Kungaboqar moyi xalq xoʻjaligi ahamiyatga ega boʻlgan eng muhim oʻsimlik moylaridan biri. Inson uchun foydali, yaxshi hazm boʻladigan oziq-ovqat mahsuloti. Asosan, ovqatga dogʻlanmasdan ishlatiladi, salatlarga solinadi, undan margarin va oziq-ovqat yogʻlari ishlab chiqariladi. Kunjara va shroti chorva mollari uchun toʻyimli ozuqa hisoblanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil