Kungaboqar kapalagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kungaboqar kapalagi, kungaboqar kuyasi (Homoeosoma nebulella Hb.) — parvova kapalaqlar oilasiga mansub kapalak, kungaboqarumtg xavfli zararkuvandasi. Yevropa, Kichik va Janubi-Sharqiy Osiyo, Gʻarbiy Sibir, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda uchraydi. Qanotlari yoyilganda 20–27 mm, oldingi kanoti och kulrang , qanotining oʻrtasida 4 ta qora rang nuqtasi bor; keyingi qanoti oldingisinikiga qaraganda kengroq, oqish, qanotining tomirlari qoramtir. Qurtining oʻz. 17 mm, och kulrang , tanasining ustki tomonida 3 ta jigarrang chizigʻi bor.

Oxirgi yoshdagi qurti tuproqning xaydov qatlamida yupqa pilla ichida qishlab chiqadi. Bahorda qurt gʻumbakdan uchib chiqqan kapalaqlar dastlab murakkabguldoshlarga mansub begona oʻtlarga, gullash davrida kungaboqarga oʻtadi, bir kapalak kungaboqar savatchasiga 200—300 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumdan 4—5 kundan soʻng qurt chiqadi va qurtlari 3 yoshgacha gul, soʻngra urugʻ ichiga kirib pista magʻzi bilan ovqatlanadi. Qurtining rivojlanish davri 2— 3,5 hafta davom etadi, 4-yoshdagi qurtlar oʻsimlikdan yerga tushib, tuproq orasiga kiradi va shu joyda pillaga oʻralib, kelasi yil koʻklamgacha diapauza holatida boʻladi. Bir yilda 2 avlod beradi.

Kurash choralari: kungaboqarning zararkunandaga chidamli (pistasi poʻchogʻi qattiq — "zirhli") navlarini ekish; hosil yigʻib olingandan soʻng kungaboqar ekilgan maydonlarni chuqur shudgorlash (qishlovchi gʻumbaqlari oʻladi), begona oʻtlarni yoʻqotish; insektitsidlar purkash.

Zuhra Saidona.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil