Kun oʻzgarish chizigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kun oʻzgarish chizigʻi - Yer sharida uzunlamasi 12 soatga teng meridian. Tinch okean orqali oʻtadi. Bu meridian 12-mintaqaning oʻrtasidan oʻtib, 2 ketma-ket keladigan kalendar kunlariga chegara hisoblanadi. Har doim navbatdagi yangi kalendar kuni dastlab 12-mintaqaga, soʻngra 11-mintaqaga, keyin 10-mintaqaga va h.k. kirib, eng soʻngida, 13-mintaqaga kiradi. Shuning uchun yangi yilning 1 yanvari sayyoramizda dastlab, 12-minta-qada kuzatiladi. Bu 2 vaqtda 13-mintaqada hali eski kalendar yilining 31 dekabri "hukmron" boʻladi. Agar sayohatchi kemada yoki samolyotda K.oʻ.ch.ni gʻarbdan sharqqa yoxud sharqdan gʻarbga kesib oʻtsa, kalendar kunlarida yanglishish boʻlmasligi uchun darhol sanaga bir kun tuzatish kiritiladi. Bunda gʻarbdan sharqqa kesib oʻtsa sanadan bir kunni olib tashlanadi, aksincha, sharqdan gʻarbga kesib oʻtsa sanaga bir kun qoʻshiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil