Kultepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kultepa — shahar harobasi (3—13-asr boshi). Sirdaryo viloyati, Xovos tumanidagi Sovot qishlogʻidan 4 km jan.da, Xoʻjamushkentsoyning chap qirgʻogʻida. Sanʼatshunos-arxeolog N. B. Nemseva 1974 yil topgan. 1985 yil Oʻzbekiston FA Arxeologiya institutining Sirdaryo otryadi (rahbari A. A. Gritsiva) u yerda qazish ishlari olib borgan. Tadqiqotlar vatijasida K.da tarhi toʻrtburchak qalʼa va unga shim. va gʻarb tomondan yondashgan turar joylar mavjudligi aniqlan-di (umumiy maydoni 20 ga). taxminan uning markazida Gulhovoʻz deb ataluvchi bo-tiklik ham bor. Arab geograflari — Istaxriy, Ibn Havqal, Muqaddasiy va boshqa asarlarida kayd etilgan oʻrta asrlar shaxri — Sobot ayvan K. oʻrnida boʻlgan. Topilgan ashyoviy dalillar (so-pol qadah, kosa, koʻza, xum, togʻora va boshqa koʻpgiva sirlangan idishlar)ga taya-nib, K.dagi hayot 3 bosqich — soʻnggi antik davr (3—4-asrlar), ilk oʻrta asrlar davri (5—8-asrlar) va oʻrta asrlar davri (10—13-asrlar)ga boʻlinadi. KULUAR (frans. couloir — qoridor, yoʻlak) — parlament, hukumat tashqi-lotlari, shuningdek, teatr va konsert zallarida antrakt hamda majlislar oraligʻidagi tanaffuslarda dam olish joyi, norasmiy uchrashuvlar, suhbatlar oʻtkazish uchun moʻljallangan yordamchi xona.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil