Kulki-hikoya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kulki-hikoya — oʻzbek anʼanaviy teatrining oʻziga xos janri. Masharaboz va qiziqchilar tomonidan ijro etilgan teatrlashgan tomosha turi. K.-h.da dialog va monolog yetakchi oʻrinda boʻlib, ayni vaqtda hikoyachining oʻrni ham muhimdir. Ijrochi voqeani izohlab, voqea va qahramonlarga oʻz muno-sabatini bildiradi. K.-h.ning syujeti kundalik hayotdan olinadi. Ijrochi oʻziboshidan kechirgan, koʻrgan yoki eshitgan hajviy voqealarni kulgi vositalari bilan badiiy qayta ishlab hikoya qiladi. Q.-h. qadimdan maʼlum boʻlib, 19-asrda Fargʻova vodiysi va Xorazmda keng tarqalgan. 20-asr boshida Qoʻqon va Margʻilonda yaratilgan "Namoz", "Mingboshi bilan qiziq", "Eshonning mast boʻlishi", "Tilmochlik", "Uylanish" kabi K.-h.lar mashhur boʻlgan. 20— 30-yillarda Yusufjon qiziq Shakarjonov ("Kimsasiz birodar", "Hammom", "Oxunjon qoʻrboshi"), 40—50-yillarda Oxunjon qiziq Hoʻzurjonov ("Sartarosh", "Sodda kampir", "Sumalak", "Samolyot") va boshqalar K.-h.lar yaratganlar. Bu K.-h.larni Zaynobiddin va Madamin Yusupovlar, Muhiddin Dar-vesh, Odiljon Oxunov va boshqa qiziqchilar ijro etib keldilar.

Ad.\ Qodirov M., Oʻzbek teatri anʼanalari, T., 1976.

Muhsin Qodirov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil