Kukuta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kukuta — Kolumbiyadagi shahar. Shar-qiy Kordilyera togʻlarining sharqiy etagida. Shimoliy Santander departamen-tining maʼmuriy markazi. Aholisi 479,3 ming kishi (1995). Temir yoʻl stansiyasi. Panamerika shossesidagi transport punkta. Muhim savdo markazi. Poligrafiya, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Kofe va ta-maki yetishtiriladigan rayon markazi. K.ning shimolidagi Katatumbo vodiysida neft olinadi. Shaharga 1733-yilda asos solingan. 1875-yilda kuchli zilzi-ladan vayron boʻlib, qayta qurilgan. KUL — 1) organik moddalar (oʻtin, koʻmir, torf, oʻsimlik qoldiklari va boshqalar) yoqilganda yonmay qoladigan mineral qoldiq; kaliylifosforli-ohaqli oʻgit. Qurilish materiallari sa-noatida K.dan sementning ayrim turlarini tayyorlashda foydalaniladi. Baʼzi koʻmir K.dan germaniy va galliy kabi nodir elementlar ajratib olinadi. Yengil kukun, gigroskopikligi past. Oʻt oʻsimliklar K. i daraxtlarnikiga nisbatan K2O ga boy (bugʻdoy somonida 9% gacha R2O5,4%gacha SaO bor), marjumak va kungaboqar K.ida kaliy koʻp (25—40%). Oʻt oʻsimliklar K.ida 2,5—8,6%, daraxtlar K.ida 2,0— 7,3%, torf K.ida 0,5—1,2% R2O5 bor, K. tarkibida magniy, oltingugurt, makro- va mikroelementlar ham boʻ-ladi. K.ni asosiy oʻgʻit sifatida koʻz-gi shudgorlashda (5—6 s/ga) va vegetatsiya davrida (2,5—4 s/ga) tamaki, zi-gʻir, dukkaqlilar, kartoshka va boshqalarni oziqlantirishda qoʻllash tavsiya eti-ladi.

2) Erysiphales xaltali zamburugʻlar sinfiga mansub parazit zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan oʻsimliklar kasalliklari. Tok, beda, poliz ekinlari, mevali daraxtlar, tut va boshqa koʻp zararlanadi. Oʻsimliklarning barg, yosh novda, shox, mevalari va boshqa organlarida oq gʻubor koʻrinishida paydo boʻladi. Keyinchalik gʻubor qoramtir tus oladi, koʻpdan-koʻp qora nuqtalar bilan qoplanadi. Kasal mevalar yorilib ketadi va eti chiriydi. QOʻzgʻatuvchisi konidiyalar yordamida koʻpayadi. Qoʻzgʻatuvchining rivojlanishi uchun 12—20° harorat, havo nisbiy namligining 50—80% boʻlishi qulaylik tugʻdiradi. Hosiddorlikni 25% ga qadar yoʻkrtishga olib keladi. Boshokli ekinlar K.i (Erysiphe graminis), ayniqsa, bugʻdoyga katta zarar yetkazadi. Tok K.i yoki oidium — qoʻzgatuvchi Uncinula necator — tokning bargi, yer usti yashil organlarini zararlaydi, kasallangan uzum gʻujumlari yoriladi, achimsiq hid chiqaradi, oq gʻubor bilan qoplangan holda rivojlanmay qoladi. Qand lav-lagi K.i yoki erizifoz (Ye. communis)fl a oʻsimlik soʻliydi, soʻngra qurib qoladi. K. poliz ekinlari (qovun, bod-ring oqpalagi), atirgul, olma va boshqalarda uch-raydi.

Kurash choralari : K.ga chidamli navlarni ekish; oʻsimlik qoldiqlarini yoʻqotish, fosforli-kaliyli oʻgʻitlarni solish; foʻngitsidlarni (kolloid oltingugurt — 1%, kukun oltingugurt — 25 kg/ga, 1%li bordo suyukli-gi, ohak-oltingugurt qayvatmasi) qoʻllash; oʻsimlik va mevali daraxtlar, tokning qalin oʻsishi va soyala-nib qolishiga yoʻl qoʻymaslik (yava q. Oidium).

Norqoʻzi Ergashev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil