Kuch (gazeta)
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
"KUCH — ADOLATDA" — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining gazetasi. 1998-yil 29-avgustdan oyiga bir marta Toshkentda nashr etiladi. Gazetaning asosiy vazifasi Oʻzbekistonda sud-huquq islohotlarini yoritish, fuqarolarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirishga koʻmaqlashishdan iborat. Asosiy ruknlari: "Qonunlarni oʻrganamiz", "Farmon va ijro", "Sud amaliyoti", "Dunyo sudlarida", "Xalqaro huquq olamida", "Menga soʻz bering". Adadi 3 mingdan ortiq (2003).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |