Kuba xonligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kuba xonligi - Shim.-Sharqiy Ozarbayjondagi davlat (18-asr oʻrtasi — 1806). Shim.-Sharqiy Ozarbayjon Zakavkazyening eng boy, aholi zich joylashgan qismi boʻlib, Zakavkazyening mollari uning muhim savdo portlari orqali tashqi bozorga oʻtgan; u Rossiyaning jan.ini Eron bilan va u orqali Hindiston va boshqa Sharq mamlakatlari bilan bogʻlagan. Kuba xonligi ni 1758—89 yillarda Ozarbayjonning buyuk davlat arbobi Fatalixon Kubaviy (1736—89) boshqargan. U Kuba xonligi atrofiga Ozarbayjonning jan.dagi Ardabil shahrigacha boʻlgan Kaspiy boʻyi yerdarini birlashtirgan; Eron tajovuziga qarshi 1787 yilda gruzin podshosi Iraqliy II bilan shartnoma tuzgan. Fatalixon vafotidan soʻng 90-yillar boshida Kuba xonligi parchalanib ketgan, 1806 yilda Rossiyaga qoʻshib olingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil