Kuautemok

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kuautemok (Cuauhtemoc) (1494/ 1502—1525) — atsteklar bosh hukmdori (1520—21); ispan bosqinchilariga qarshi qurolli kurash rahbari. Meksika milliy qahramoni. Tenochtitlan (hozirgi Mexiko) mudofaasi vaqtida yuksak harbiy salohiyat va shaxsiy jasorat koʻrsatgan. K. buyrugʻiga koʻra, shahar mudofaa inshootlari (xandaqlar, devorlar, koʻchabandlar, otliq qoʻshinga qarshi maxsus toʻsiqlar) bilan mustahkamlangan. Pistirmalardan unumli foydalangan. Tenochtitlan qulagach (1521), K. ispanlar tomonidan asir olinib, qattiq qiynoqlardan soʻng qatl qilingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil