Kseniyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kseniyalar (yunoncha: xenia — mehmondoʻstlik, xenios — mehmon, begona) — bir oʻsimlikdagi urugʻ va mevalarning tusi, shakli, katta-kichikligi yoki boshqa belgilariga koʻra oʻzaro farq qilishi. K. changchi oʻsimlik genlarining endosperma belgilariga (birinchi tartibli K.) yoki urugʻ qobigʻi va mevaqatga (ikkinchi tartibli K. yoki metakseniyalar) taʼsiridan hosil boʻladi. Bu hodisani ilgari koʻpgiva tabiatshunoslar koʻrsatib oʻtgan boʻlsa ham, nemis biologi V. Fokke (1881) termin sifatida fanga kiritgan. Keyinchalik qoʻsh urugʻlanish nazariyasi kashf qilinganidan keyin K. — ikkinchi spermiyaning murtak xaltasi markaziy hujayraning yadrosi bilan qoʻshilishi (birinchi spermiya tuxum hujayra bilan qoʻshiladi) vatijasi ekanligi aniqlandi. Shuning uchun ham changchi oʻsimlik urugʻi endospermasining ustun (domivant) belgilari urugʻchi oʻsimlikda hosil boʻlgan duragay urugʻ endospermasida koʻriva boshlaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil