Krum (hukmdor)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Krum (? - 814.13.4) - Birinchi Bulgʻor podsholigi hukmdori (803—814). U hukmdor Kardamdan keyin taxtga chiqqan. Protobulgʻor va slavyan zodagonlarini birlashtirgan. Franklar tomonidan Anar xoqonligi tugatilgandan soʻng (8-asrning 90-yillari) — uning sharqiy va jan. yerdari Bulgʻoriya tarkibiga qoʻshib olingan (805). Bulgʻoriyaning kuchayishini xohlamagan Vizantiya imperatori Nikifor I (802—811) bulgʻor hukmdori Kardam bilan tuzilgan sulh shartnomasini buzib, 807 yil Bulgʻoriyaga hujum qilgan. Oʻrtada bir nechta kuchli toʻqnashuv va janglar boʻlib oʻtgan. 809 yil bulgʻorlar Serdika shahrini (hozirgi Sofiya) bosib olgan. 811 yil 26 iyulda K. boshchiligidagi bulgʻorlar Virbish darasida vizantiyaliklarni tor-mor keltirgan. Bosh qoʻmondon imperator Ni-kifor va uning sarkardalari jangda halok boʻlgan. K. Versinikiya jangi (813 y 22 iyul)da vizantiyaliklarni qayta magʻlubiyatga uchratgach, Adrianopol (Edirne) qoʻshib olingan. U nafaqat qobiliyatli sarkarda, balki yaxshi davlat tashqilotchisi edi. Uning davrida Bulgʻoriya mustaqkamlanib, hududi kengaygan. Birinchi umumdavlat qonunlari (Krum qonunlari)ni eʼlon qilgan. Konstantinopol qamaliga tayyorgarlik koʻrish paytida vafot etgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil