Kronj qal’asi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kronj qal’asi (polyakcha: Zamek w Krągu, nemischa: Schloss Krangen) — Polshadagi Gʻarbiy Pomeraniya vodiysi, Kozalin okrugi, Polanov munitsipalitetidagi Krong qishlogʻida, Qal’a koʻli yuqori qismida joylashgan tarixiy qal’a.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qal’a haqida birinchi eslatma tarixiy hujjatlarda 1495-yilga toʻgʻri keladi. Atrofi xandaq bilan oʻralgan turar-joy minorasi koʻrinishidagi qal’a Adam Podevils tomonidan barpo qilingan. Bu minora XVI asr 80-yillarida demontaj qilingan va uning oʻrnida Uygʻonish davriga xos qarorgoh qurilgan. Qurilish tashabbuskori Feliks fon Podevils edi. XVII va XIX asrlarda qarorgoh qayta tiklangan (oxirgi marta Karl Vilgelm fon Riepengauzen tashabbusi bilan neo -Uygʻonish davri uslubida qurilgan).

Qal’a 1945-yilda yonib ketgan. 1956-yilgacha binoning saqlanib qolgan qismida oʻrmon xoʻjaligi va maktab joylashgan edi. 1958-1960-yillarda bino qisman mustahkamlangan, ammo shunga qaramay, taʼmirlashda davom etgan. XX asr 70-yillarida oʻrmon xoʻjaligini boshqarmasi uchun qal’ani qayta tiklash ishlari olib borilgan, ammo moliyaviy sabablarga koʻra toʻxtatilgan.

Zamonaviylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yilda qal’a xususiy mulkka aylandi. Shundan soʻng qal’ada toʻliq taʼmirlash ishlari olib borildi. Hozirda plyaj va hammomli mehmonxona joylashgan[1][2].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Krąg - zamek, zachowany w całości“. zamki.net.pl. 2020-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-iyun.
  2. „Zamki i rezydencje na Pomorzu“. www.pomorskiezamki.pl. 2021-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-iyun.