Kromvel oqimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kromvel oqimi - Tinch okean ning sharqiy qismidagi yuza oqim ostidagi ekvatorial ters oqim. Sharqqa tomon Janubiy Passat oqimi ostidan 154— 150° gʻ.u.dan Galapagos orollari tomon taxminan 2° shahrik. va 2° j.k. oraligʻida harakatlanadi. Kromvel oqimi 6500 km dan ortiq masofaga choʻzilgan, kengligi 300 km chamasida, 100 va 400 m chuqurlik oraligʻida joylashgan boʻlib, shim. va jan. chekkalarida va sharqda yuqoriga koʻtarilib boradi va qalinligi ham kamayadi. Tezligi 70—150 sm/sek. Suv sarfi 30 mln. m³/sek.dan ortiq. Kromvel oqimi Tinch okeanning ekvator kengliklaridagi suv oqimi sirkulyasiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. AQSH ekspeditsiyasiga qarashli "X.M.Smit" kemasida okeanolog T.Kromvel tomonidan ochilgan va uning nomi bilan atalgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil