Kromvel Oliver

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

KROMVEL (Cromwell) Oliver (1599—1658) — 17-asrdagi ingliz inqilobi arbobi, independentlar rahbari. 1640 yil Muddatsiz parlament (Qonun chiqaruvchi organ)ga saylangan. 1 — (1642—46) va 2—(1648) fuqarolar urushida qirol armiyasi ustidan gʻalaba qozongan parlament armiyasining asosiy rahbarlaridan biri. K. armiyaga tayanib presviterianlarni parlamentdan haydagan (1648); qirolni qatl etish va respublika eʼlon qilinishiga koʻmaqlashgan (1649), vatijada hokimiyat K. tarafdorlari qoʻlida toʻplangan. 1640 yildan lord-general (barcha harbiy kuchlar bosh qoʻmondoni). Irlandiya va Shotlandiyada ozodlik harakatlarini, levellerlar va diggerdar harakatini bostirgan, K. 1653 yil parlamentni tarqatib, yakka shaxs harbiy diktatura rejimi — protektorat oʻrnatgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil