Kromlex

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kromlex (bretoncha crom — doyra va lech — tosh) — neolit va, asosan, jez davriga oid megalitik inshootlarning bir turi. Balandligi 6–7 m gacha boʻlgan yirik tosh ustunlar ustiga tosh taxtalar qoʻyilib, aylana(doira) shaklida qurilgan (diametri 100 m gacha), ichiga dolmenlar va mengirlar oʻrnatilgan. K.lar quyoshga sigʻinish bilan bogʻliq boʻlib, quyosh ibodatxonasi qasri sifatida xizmat qilgan. K. Osiyo va Amerikada keng tarqalgan. Qrim va Kavkazda K.namunalari saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil