Krokoit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Krokoit — qoʻrgʻoshin xromati — RSYU4. Aniq jipslashgan monoklin singoniyali prizmatik choʻzinchoq kristallar bilan namoyon etilgan. Rangi sargʻishqizil, qizil, realgarga juda oʻxshaydi, qattikligi 2,5—3, yarqiroqligi olmossimon, zichligi 5600–6100 kg/m3, oson eriydi, koʻmirda qoʻrgʻoshin tomchilarini hosil etadi. Qoʻrgʻoshin konlarining oksidlanish zovasida, xromli ultraasosli jinslarda hosil boʻladi. Paragenezisi gohida, malaxit, serussit, anglezit va piromorfitlar bilan birga yuz beradi. Qoʻrgʻoshin va xromni aniqlash uchun indikator sifatida foydalaniladi. Asosan, Qurama togʻlari (Qoramozor) qoʻrgʻoshin konlari oksidlanish zonasida aniqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil