Krit qoʻzgʻolonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Krit qoʻzgʻolonlari (1866–69, 1896–97) – Usmonli turk imperiyasiga qarshi Krit o.da kutarilgan qoʻzgʻolonlar; Gretsiya bilan qayta qushilish shiori ostida oʻtgan. 1866–69 yillardagi qoʻzgʻolon davrida qoʻzgʻolonchilar Vaqtli hukumat tuzishgan, ularga yordamga Gretsiya va boshqa mamlakatlardan koʻngillilar kelgan, qurol-yarogʻ keltirilgan. Yevropa davlatlari konferensiyasi (1869-yil yanvar). Gretsiyani qoʻzgʻolonchilarga yordam berishni toʻxtatishga majbur qildi, vatijada qoʻzgʻolonchilar tez orada magʻlubiyatga uchrashgan. 1896–97 yil lardagi qoʻzgʻolon davrida Turkiya kritliklarga (ularga grek harbiy otryadlari kelib qoʻshilgan) qarshi "muqaddas urush" (jihod) eʼlon qilgan (1896-yil noyabr). Gretsiya 1897-yil Turkiya bilan boʻlgan urushda yengilgach, qoʻzgʻolon bostirilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil