Kristobalit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kristobalit (Meksikadagi San-Kristobal koni nomidan) — kvars guruhiga mansub mineral. Kremnezyom (gil)ning boʻsh turi. Kimyoviy formulasi SiO2. Qattiqligi 6—7, zichligi 2,2 g/sm3. Rangi oq, tussiz. Shishasimon yaltiroq. Kristallari kub shaklida. 1470° da qizdirilgan kvars K. ga aylanadi. Ikki turi — a tetragonalli va r kubli K. farqlanadi. Koʻmir konlarining yer ostida tabiiy oʻt olishida, shuningdek, domna pechlari maʼlum temperaturaga yetgan joylarida sunʼiy K. paydo boʻladi.

Oʻzbekistonda K. Angren koʻmir koni rayonida yer osti yongʻinlari natijasida kvarsli qumtoshning qayta hosil boʻlishi hisobiga vujudga kelgan tridimit bilan birgalikda 1959-yilda aniqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil