Kristina Akheeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kristina Akheeva
Tavalludi 1986-yil 1-noyabr
Fuqaroligi Avstraliya va Rossiya
Kasbi Model, aktrisa
Faoliyat yillari 2013-2015-yillar
Veb-sayti kristina-akheeva.com

Kristina Akheeva (1986-yil 1-noyabrda tug'ilgan) - avstraliyalik aktrisa va model. U Bollivuddagi debyutini 2013-yilda "Yamla Pagla Deewana 2" filmida, keyin esa 2014-yilda chiqqan telugu tilidagi filmi "Galipatamda" qilgan. U kannada tilidagi "Uppi 2"da rol ijro etgan.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kristina Akheeva Rossiyaning Xabarovsk shahrida, rus millatiga mansub oilada tug'ilgan. 7 yoshida Kristina Akheeva Avstraliyaga ko'chib o'tdi va u yerda maktabdagi o'quv yillarini qolgan qismini o'tkazdi.[1] 21 yoshida Singapurdagi modelyerlarning agenti Kristina Akheevaga 3 oylik modellik shartnomasini taklif qildi. Kristina Akheeva rozi bo'ldi va 6 yil model sifatida ishladi. Kristina Akheeva 6 ta mamlakatda, shu jumladan Hindistonda yashadi.[2]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kristina Akheeva modellik faoliyatini yuritayotgan vaqtida, Melburndagi Kino va televideniya akademiyasida aktyorlik mahoratini o'rgangan.[3] U 6 yil davomida butun dunyo bo'ylab modellik faoliyatini olib bordi va dunyoning 6ta davlatida yashadi. U "Palmolive", "Sunsilk", "Vaseline"[4] kabi brendlar uchun, turli ko'rgazma va shoularda reklama yuzi hamda mahsulotlarning tavsiya qiluvchisi bo'ldi.

Kristina Akheeva

Hindistonda bo'lganida, u modellik shartnomasi bo'yicha faoliyat olib yurgan vaqtda, Sangit Sivanning "Yamla Pagla Deewana 2" komediya filmidagi Sunny Deol roli uchun tanlangan. Kristina Akheeva ushbu rolni ijro etish uchun modellik faoliyatida ta'til oldi.[5][6] 2012-yil avgust oyida uning kastingi tasdiqlandi.[7] Suratga olish jarayonida u hind tili[8] ustida ishladi va o'zi uchun o'rganib oladi.[9] U filmni tanqid qilib, uning syujetini “bema’nilik” deb atadi.[10] Filmda muhim rol hisoblangan Deolning otasi rolini ijro etgan Dharmendra sababli u filmda rol ijro etdi.[11]

2014-yilda u "Tollywood"da Galipatam bilan debyut qildi. Rejissor Navin Gandi edi.[12] Kristina Akheeva o'zining ijrosi uchun maqtovga sazovor bo'ldi. "Tollywood" gazetasi u haqida shunday deb yozdi: "U diqqat bilan e'tibor qilish kerak bo'lgan aktrisa. Garchi u avstraliyalik bo'lsa-da, hind qizining roliga bemalol kirib bora olayapti. Uning ijrosi ajoyib edi. U yaxshi o'rgatilgan aktrisa va tez orada telugu filmlarida koʻproq choʻqqilarni zabt etadi”[13] Kristina Akheeva shuningdek, "Uppi2" nomli yangi kannada tilli filmda bosh rolni ijro etgan. Film kannada va telugu tillarida sahnaga chiqarilgan. U, shuningdek, salsa raqqsi bilan shug'ullanadi.[14] 2013-yilgi Hindiston xalqaro zargarlik haftaligida u "Anmol" zargarlari va 2014-yilda "IIJW"kompaniyasining model-vakili boʻldi.[15] U "D Navinchandra" firmasi uchun shouni olib boruvchi edi.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar Mnb.
2013 Yamla Pagla Deewana 2 Reet Debyut hind filmida [16]
2014 Galipatam Parineeti Debyut telugu filmida [17]
2015 Uppi 2 Lakshmi Debyut kannada filmida [18]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kristina Akheeva acting career“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  2. „The Kudi Who Backpacks“. The Pioneer (30-may 2013-yil). Qaraldi: 13-may 2015-yil.
  3. „Get to know this Russian beauty“. The Tribune (12-aprel 2013-yil). Qaraldi: 13-may 2015-yil.
  4. Marwah, Navdeep Kaur. „Advertising infidelity“. Hindustan Times (20-iyul 2011-yil). 18-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2015-yil.
  5. „Borders and language no bar“. The Hindu (7-iyul 2014-yil). Qaraldi: 13-may 2015-yil.
  6. Vijayakar, Rajiv. „Sunny side of films“. Deccan Herald (14-aprel 2013-yil). Qaraldi: 13-may 2015-yil.
  7. „Kristina's new adventure“. The Hindu (24-avgust 2012-yil). Qaraldi: 13-may 2015-yil.
  8. „Making a mark in B-town“. Deccan Herald (5-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 13-may 2015-yil.
  9. „He-man & his hot brood“. The Tribune (2-iyun 2013-yil). Qaraldi: 13-may 2015-yil.
  10. Kumar, Anuj. „Nonsensical plot“. The Hindu (9-iyun 2013-yil). Qaraldi: 13-may 2015-yil.
  11. Press Trust of India. „Destroyed myself as actor with my drinking habit: Dharmendra“. Deccan Herald (3-iyun 2013-yil). Qaraldi: 13-may 2015-yil.
  12. Murthy, Neeraja. „High on confidence“. The Hindu (7-avgust 2014-yil). Qaraldi: 13-may 2015-yil.
  13. „Galipatam“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyun.
  14. Tankha, Madhur. „Sunny's back with some comedy and action“. The Hindu (30-mart 2013-yil). Qaraldi: 13-may 2015-yil.
  15. Sharma, Garima; Sinha, Seema. „Karisma, Kangana sparkle on ramp“. The Times of India (26-avgust 2013-yil). Qaraldi: 6-iyun 2015-yil.
  16. Press Trust of India. „Sunny Deol is shy and disciplined: Kristina Akheeva“. Mumbai: CNN-IBN (25-may 2013-yil). 9-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2015-yil.
  17. „Video: Galipatam promo song looks peppy“. The Times of India. The Times Group (18-iyul 2014-yil). Qaraldi: 13-may 2015-yil.
  18. Kumar, Hemanth. „Kristina Akheeva to romance Upendra in Uppi 2“. The Times of India. The Times Group (11-iyun 2014-yil). Qaraldi: 13-may 2015-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]