Kriptorxizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kriptorxizm (kripto... va yun. orhis — moyak, tuxum) — yorgʻoqda bitta (monorxizm) yoki ikkala moyakning boʻlmasligi; embrional rivojlanish anomaliyasi. Homila xromosomalari patologiyasi, ona va homiladagi gormonal yetishmovchilik, chov kanali nuqsonlari va boshqa omillar moyakning qorin pardasi orqasidagi boʻshlikdan yorgʻoqqa tushmay qolishiga sabab boʻladi. Hopmal holatda moyaklar homilaning 8—9 oyligida qorin boʻshligʻidan yorgʻoqqa tushadi, anomaliyada esa moyak yergʻoqdagi normal oʻrniga tushmay qoladi. Baʼzan moyak qorin boʻshligʻida yoki chov kanalida toʻxtab qoladi yoki notoʻgʻri toʻshadi, bunda chov kanalidan chiqib, yoʻnalishini oʻzgartiradi va chov, son sohasida yoki oldida, yo oralikda teri ostidajoylashadi. Gohida moyaklarning yorgʻoqqa tushishi choʻzilib ketib, bola 10—13 yoshga kirganida tugaydi. Bolada ikki yoklama K boʻlsa yoki tugʻma ikkala moyagi boʻlmasa, keyinchalik bepusht boʻlib qoladi (qarang Bepushtlik). K. bir yoki ikki tomonlama, shuningdek, alohida kasallik yoki bir qator endokrin kasalliklar belgisi boʻlishi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil