Krioturbatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Krioturbatsiya (krio... va lot. turbatio — gʻijimlangan, tartibsiz) — dispers togʻ jinslarining tekstura shaklida joylashishi. Bunda kesmadagi qatlamlar shakli girdob, bukilma, halqa va h.k. koʻrinishda boʻladi. Jinslarning dispers qatlamida haddan ortiqcha doimiy yigʻilgan namlikning muzlashi yoki erishidan dinamik deformatsiya taʼsirida vujudga keladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil