Kontent qismiga oʻtish

Krioterapiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Krioterapiya (krio... va terapiya) — sovuq, bilan davolash; biror aʼzoni muzlatmaydigan darajada sovitish. K. ogʻriq qoldirish, yalligʻlanishni kamaytirish, qon toʻxtatish va shishni yoʻqotish chorasi hisoblanadi.

Muz bosish, sovuq suvga hoʻllangan choyshabga oʻrash qadimdan davo sifatida qoʻllanilib keladi. Oʻt pufagi, chuvalchangsimon oʻsimta (appendiks), meʼda, meʼda osti bezi va boshqa aʼzolar yal-ligʻlanganda, badan lat yeganda, suyak singanda muzli xalta qoʻyiladi. Burun qovaganda, oʻpka, meʼda, ichakdan qon ketganda tegishli sohaga muzli xalta bosiladi. Gavda temperaturasini sunʼiy yoʻl bilan tushirish — gipotermiya yurak, yirik tomirlar, bosh miyani operatsiya qilishda tatbiq etiladi. K. ning muhim boʻlimlaridan biri — krioxirurgiyada kasal aʼzo yoki toʻqimalarni sovitish yoʻli bilan yemiriladi yoki olib tashlanadi. Buning uchun xloretil yoki kriogen asbob ishlatiladi. Boʻlar yordamida har xil darajadagi past haro-ratga erishish mumkin. Hozir krioaplikator, krioekstraktor kabi apparatlar qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil