Kriosfera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kriosfera (yunoncha kryos — sovuq, muz va sfera — kura) — Yer yuzasining atmosfera, gidrosfera va litosfera oʻzaro tutashib turgan hamda muzlar boʻlgan va muz hosil boʻladigan sovuq qobigʻi.

Kriosfera (krio... va yun. spharia — shar) — Yer atmosfera, gidrosfera va litosferaning issiqlik taʼsiri zonasidagi uzuq-uzuq va konfiguratsiyasi boʻyicha oʻzgaruvchan qobigʻi. K. termini va uning tavsifi 1923-yilda polyak olimi A. B. Dobrovolskiy tomonidan taqlif qilingan. Bu taʼlimotni V. I. Vervadskiy, P. I. Koloskov, M. I. Sumgin, N. I. Tolstixinlar rivojlantirgan. Koʻrsatilgan har bir sferaning chegarasida vaqti boʻyicha K.ning qisqa muddatli, mavsumiy va koʻp yillik (muttasil) qismlari ajratiladi. K.ning yuqori chegarasi Yer atmosferasining ustki chegarasiga mos keladi va atmosferada bir necha km balandlikda joylashadi, qutblarga yaqinlashgan sari pastga tushib litosfera va gidrosferaga oʻtadi. Uning tarkibiga, atmosferadan tashqari, kriolitozova, muzliklar, qutb havzalarining kriogalin suvlari kiradi. Muttasil K.ning quyi chegarasiga atmosfera va yer yuzasiga yaqin qatlamlarda u bilan mavsumiy va mavjud boʻlgan qisqa muddatli K.ning qatlamlari tutashadi. Vaqtning geologik aspektida K. oʻz holatini har doim oʻzgartirib turadi. Yer tarixining sovuq bosqichlarida uning quyi chegarasi pasayib ekvator tomon siljiydi, gidrosfera va litosferaning ichiga kirib chuqurlashadi. Bu esa kriolitozonaning quvvatini va u egallagan maydonni koʻpaytiradi. Dunyo boʻyicha sovib ketish jarayoni natijasida materiklar va dengizlarning muzlashi (dengiz va mavsumiy muz qoplamlari egallagan maydonlarning kengayishi) rivojlanadi. Issiq davrda kriolitozona, materik muzliklari joylashgan maydonlar kamayadi, dengizlarning muzlashi qisqaradi. Sovish va isib ketish atmosfera sirkulyasiyasidagi butun sayyoraviy oʻzgarishlarga olib keladi.

Sovish jarayonida gidrosferadagi erkin suvning katta miqdori dengizlar regressiyasi va shelflar yalangochlanishini sodir qilib muzli qoplamalar jamlanadi. Iqlimning isib ketishi dengiz transgressiyasi bilan birga materiklar muzlashining degradatsiyasiga olib keladi.

K.ning oʻsimliklar, hayvonlar va insonning ayrim xoʻjalik turlari faoliyatiga muayyan taʼsiri bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil