Ivan Krilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Krilov Ivan Andreyevichdan yoʻnaltirildi)
Ivan Krilov
Tavalludi
Ivan Andreyevich Krilov

13-fevral 1769-yil
Vafoti 21-noyabr 1844-yil(1844-11-21)
(75 yoshda)
Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Ijod qilgan tillari Rus tili[1]
Fuqaroligi  Rossiya imperiyasi
Faoliyat yillari 1786–1843

Ivan Andreyevich Krilov (ruscha: Ива́н Андре́евич Крыло́в; 1769-yil 13-fevral – 1844-yil 21-noyabr) – rus yozuvchisi, masalchi[2]. „Pochta duxov“ (1789), „Zritel“ (1792) jurnallarini nashr ettirgan. 1786—1788-yillarda poytaxt dvoryanlarining axloqiy buzuqligini fosh etuvchi komediya („Gʻazabnok oila“, „Toʻpolonchilar“, "Qizlarga saboq va boshqalar), tragediya („Kleopatra“, „Filomela“), komik operalar („Bahodir Ilya“, 1870) yozgan. Hukumatga qarshi yozilgan „Trumf“ („Chimchilash“) tragediyasi (1799–1800) qoʻlyozma holida tarqatilgan. „Qalb“ qissasi (1792) da podsholik tuzumi va Yekaterina IIning yasama liberalizmi ustidan kuladi. 1809—1843-yillarda 200 dan optiq masallar yozgan. Birinchi „Masallar“ kitobi 1809-yil nashr qilingan. Ularda ijtimoiy illatlar fosh etilgan, zulm va zoʻrlik qoralangan („Boʻri bilan qoʻzichoq“, „Hayvonlar oʻlati“, „Boʻrilar va ovchilar“, „Dehqonlar va daryo“ va boshqalar), vazirliklarning qayta tashqil etilishi („Kvartet“), Arakcheyevning zolimligi tanqid qilingan („Baliqlar raqsi“). 1812-yildagi Fransiya-Rossiya urushi yillarida yozgan „Mushuk va oshpaz“, „Itxonaga kirib qolgan boʻri“, „Qargʻa va tovuq“, „Mushuk va Churtan baliq“ va boshqa masallarida vatanparvarlik gʻoyalari ilgari surilgan. Asarlarida sofdil va mehnatsevar kishilar ulugʻlangan, dangasa, qoʻrqoq, ikkiyuzlamachilar tanqid qilingan. Masallari demokratik ruh bilan sugʻorilgan. Satirasi kuchli, tili oʻtkir va taʼsirchan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. Janko Lavrin. Gogol. Haskell House Publishers, 1973. 6-bet.