Kreysvald Fridrix Reynxold

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

KREYSVALD (Kreutzwald) Fridrix Reynxold [1803. 14(26). 12, Yiipere - 1882. 13(25). 8,Tartu] - eston yozuvchisi, maʼrifatparvar, folklorchi. Eston adabiyotining asoschilaridan biri. K. "Kalevipoeg" (1857—61) eston eposini va "Qadimgi eston xalq ertaklari" (1866)ni toʻplab qayta vashr ettirgan. "Ayyor tulki" (1850), "Soddadil odamlar" (1857) hajviy qissalari, "Virulik xonandaning qoʻshiqlari" (1865) sheʼriy toʻplami va boshqa asarlar muallifi. K.ning tibbiyot, dehqonchilik, tarix va geogr.ga oid ilmiy-ommabop asarlari ham bor. Viru shahrida uning uy-muzeyi ochilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil