Kreyser

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kreyser (gollandcha kruiser — dengizda suzmoq) — zirxli, tez suzar jangovar kema. Vazifasi — dushmanning dengiz kommunikatsiyalariga qarshi zarba berish, qoʻshilma tarkibida jang olib borish, oʻzining dengiz aloqalarini mudofaa qilish, dengiz desantchilarini tushirishni taʼminlash, dushmanning dengiz aloqalarini buzish, miva qoʻyish va boshqa K.ning ogʻir (suv sigʻimi 10— 30 ming t, tezligi 70 km/ soat) va yengil (suv sigʻimi 6—10 ming t, tezligi 78 km/soat) xillari bor. Zavonaviy K.da raketa qurollari, 1 — 2 ta samolyot yoki vertolyot boʻladi. Atom K.ning suzish uzoqdigi chegaralanmagan, bugʻ-kuch oʻrnatilgani — 17 ming km.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil