Kremova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kremova — Italiyaning shim. qismidagi shahar, Lombardiyada, Po daryosining chap sohilida. Kremova pro-vinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 80 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalarida). Daryo porti, temir yoʻl tu-guni. Oziq-ovqat, tikuvchilik, mashinasozlik, yogʻochsozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, keramika sanoati korxonalari bor. Qadimdan musiqa asboblari ishlab chiqariladi. 16—18-asrlarda K.da Amati, Gvarneri, Stradinari kabi mashhur skripka ustalari ishlagan. 12—14-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Qadimda K. gallar qishlogʻi boʻlgan. 1167 yildan Lombardiya ligasi tarkibida, 1499—1509 yillarda Venetsiya xukmronligi ostida, 1525—1702 yillarda Ispaniya, 1859 yil gacha Avstriya mulklari tarkibida boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil