Kremniy vodorodlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kremniy vodorodlar, silanlarkremniyning vodorodli birikmalari. Umumiy formulasi SinH2n+2Mac, SiH4, Si2H6, Si3H8, Si4H10 va h.k. Si—Si bogʻlanish S—S bogʻlanishga nisbatan juda kuchsiz boʻlganligi sababli kremniy atomlari uglerod atomlari singari uzun zanjirlar hosil qilmaydi. Silanlar fizik xossalariga koʻra uglevodlarga oʻxshash, lekin havo va suvda beqaror moddalardir. Ularni metall silitsidlarga mineral kislotalar taʼsir ettirish yoʻli bilan olish mumkin. Mas, monosilan SH4 magniy silitsidga xlorid kislota taʼsir etishidan hosil boʻladi: Mg2Si + 4HC1 = SiH4 + + 2MgCl2. Monosilan suv bilan quyidagi reaksiyaga kirishadi: SiH4+2H2O-> ->SiO2 +4H2T. Havo kislorodi taʼsirida u oʻz-oʻzidan yonib ketadi: SiH4+2O2—" ->SiO2+2H2O. Silanlar kuchli qaytaruvchi moddalar .[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil