Kremenchug magnit anomaliyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kremenchug magnit anomaliyasi — Dnepr daryosining chap sohilidagi yirik temir rudasi rayoni, Ukrainaning Poltana viloyatida. Umumiy maydoni qariyb 100 km². Kremenchug magnit anomaliyasia. 1924—28 yillarda topilgan. Qidiruv va razvedka ishlari 1931-yilda boshlangan. Temir rudasi 1970-yildan oliva boshladi.

Kremenchug magnit anomaliyasia.ning geologik tuzilishida tokembriyning kristalli va metamorfik jinslar (amfibolitlar, kristalli slanetslar, temirli kvarsitlar va boshqalar) katvashgan. Ularning ustini umumiy qalinligi 600–800 m li paleozoy, mezozoy va kaynozoy davriga oid choʻkindi qum-gilli yotqiziklar qoplagan. Kon rayonida ruda maydonlarini tashqil qilgan magnit anomaliyalari mavjud. Kon joylashgan rayon eni 0,2— 3,5 km, oʻz. 45 km. Bashorat qilingan za-xirasi 15 mlrd.t dan ziyod (Gʻe miqdori 25 dan 58,2% gacha). Anomaliyaning jan. qismida ochiq usulda qazib olish imkoni boʻlgan toʻrtta yirik temirli kvarsit koni mavjud. Yer ostidan qa-zib olish zahirasi ham bashorat qilingan. Temirli kvarsitlar choʻkindi (terrigen-xemogen) formatsiyaga mansub. Boy rudaning hosil boʻlishini baʼzi tadqiqotchilar kvarsitlar poʻstining yemirilishidan deb hisoblasa, boshqalari gipergen-metamorfogen genezis yoʻli bilan deb izohlaydilar. Yiliga 30 mln. t dan ortiq ruda qazib olinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil