Kreking

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kreking (ing . cracking — parchalanish) —neft yoki uning fraksiyasini destruktiv (strukturasini buzib) qayta ishlash jarayoni; ogir uglevodo-rodlar molekulalarining parchalanishi (ajralib chiqishi) va qayta joylashishiga asoslangan. Asosan motor yonilgʻisi, plastik massalar, tolalar, eritgichlar uchun kimyoviy xom ashyo olishda qoʻllaniladi. K.ning 2 asosiy (termik va katalitik) turi bor. Term i k K. yuqori temperatura taʼsirida amalga oshadi; uning 3 ta: yuqori bosim ostida suyuq fazali (40—60 at. bosimda, 470 — 540° temperaturada), past bosim ostida yoki bug fazali (3 at., 500—550°), past bosim va yuqori temperaturada yoki piroliz (1 at., 650—750°) usullari bor. Katalitik K. bir vaqtda yuqori temperatura va katalizatorlar taʼsirida amalga oshiriladi. 1918 yilda N. D. Zelinskiy birinchi boʻlib katalitik K.ni tatbiq etgan. Katalizator sifatida alyuminiy-xlorid ishlatilgan. 1936 yilda fransuz muhandisi Ud-ri yangi texnologik sxema (katalizator — alyumosilikat) yaratgach, katalitik K. keng qoʻllanila boshladi. Bu esa oktan soni 80 — 85 boʻlgan yuqori sifatli aviatsiya benzini olishga imkon berdi. Neftning kerosin — gazoyl fraksiyasi xom ashyo boʻlib xizmat qildi. Katalitik K.lash 450—520° ga yaqin temperatura va 2—3 atm. bosimida amalga oshadi. K. suv bugʻi ishtirokida, vodorod bosimi ostida ham boradi (gidro kreki n g). Shuningdek, K. jarayonining borish sharoiti (temperatura, bosim) ga, xom ashyoning vazifasi va turiga, texnologik jiqozlanishiga bogʻliq boʻladi. Jarayonning borish sharoitiga qarab gaz, benzin bugʻi va ogʻir fraksiyalar (ligroinli, kerosinli, gazoylli, solyarli va qoldiq) dan tashkil topgan mahsulotlar aralashmasi hosil boʻladi. Zavonaviy K. koʻpgiva kimyoviy mahsulotlar (atsetilen, etilen, benzol, ksilollar, vaftalin va boshqalar), shuningdek, qayta ishlanayotgan mahsulot massasiga nisbatan 70% gacha benzin olishga imkon beradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil