Kraysler-daymler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"KRAYSLER-DAYMLER" - avtomobil ishlab chiqaradigan eng yirik korporatsiya. 1998 yil AQSH va Germaniya hukumatlarining roziligi bilan AQShning "Kraysler" va Germaniyaning eng yirik industrial guruhi boʻlgan "DaymlerBens" kompaniyasining qoʻshilishidan paydo boʻldi. AQShda, Michigan shtatining Auburn Xilles shahrida joylashgan. Korporatsiyaning yillik tovar aylanmasi 162 mlrd. yevroni tashkil qildi. Korporatsiya xodimlarining soni 500 ming vafardan ortiq. Uning tarkibiga jahonning 200 mamlakatida tashqil qilingan ishlab chiqarish korxonalari, avtomobillarni yigʻadigan, ularga servis xizmatlari koʻrsatadigan firmalar, kompaniyalar kiradi (2000). Korporatsiya tarkibiga kiruvchi Germaniyaning "MersedesBens" va "Daymler-Bens" kompaniyalari jahon avtomobil sanoatining yetakchi, zavonaviy texnika va texnologiya bilan jixrzlangan avtomobillar chiqaradigan kompaniyalaridan hisoblanadi. Bu kompaniyalarning faoliyat boshlaganiga 100 yildan oshib ketgan.

Korporatsiya sotilgan avtomobillarning hajmi boʻyicha AKShda "Jeneral Motors" va "Ford Motors" kompaniyalaridan keyin 3-oʻrinni egallaydi (2002). Yaponiya "Mitsubisi korporeyshn" kompaniyasining 37%, Jan. Koreya "Xunday" kompaniyasining 11 % aksiyalariga egalik qiladi (2002) va Yevropa, Amerika va Osiyo avtomobil bozorlarini qoʻliga olish uchun puxta zamin yaratgan.

Sadir Salimov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil