Krayova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Krayova — Ruminiyaning jan.gʻarbidagi shahar, Jiu daryosi vodiysida. Dolj judetsining maʼmuriy markazi. Aholisi 313,5 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika, lokomotivsozlik, avtomobilsozlik, aviasozlik, traktorlar ishlab chiqarish, ogʻir mashinasozlik), kimyo, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, mebel, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr styasi mavjud. Un-t, ped. va qishloq xoʻjaligi institutlari, badiiy muzey bor. 15—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil