Krablar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Krablar, kaltadum qisqichbaqalar (Brachyura) — oʻn oyoqli qisqichbaqasimonlar turkumiga mansub kenja turkum. Boshi kichkiva, koʻzi murakkab, antenna va antennulalari kalta. Boshkoʻkragi keng . Koʻkrak qalqonining kengligi 2—20 sm, baʼzan 60 sm gacha (yapon K.i). Oldingi juft oyoqlari qisqichli. Qorni kalta, boshkoʻkrak qismi ostiga egilgan. Erkagining 2 juft qorin oyoqlari kopulyativ organga aylangan. Urgʻochisi 4 juft oyoqlarida tuxumlarini olib yuradi. Chuchuk suvlarda, den-gizlarda, bir qancha turlari quruqli kda yashaydi. 4500 turi mavjud. Mayda sut emizuvchilar va umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Metamorfoz orqali rivojlanadi: tuxumidan zosa deb ataladigan lichinka chiqadi, lichinka metazosa va megalopa davrlarini oʻtib voyaga yetgan K.ga aylanadi. Bir qancha turlari, jumladan, Kamchatka krabi ovlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil