Koʻrish doʻmbogʻi
Koʻrish doʻmbogʻi, talamus -orqa miyaning asosiy qismi; tuxum shaklidagi kulrang modda (nerv hujayralari va laurning tolalari)dan iborat boʻlib, bosh miya yarimsharlari bagʻrida joylashgan. Koʻrish doʻmbogʻi oldingi, ichki va tashqi qismida joylashgan bir necha yadroga ega. Koʻrish doʻmbogʻi vazifasi juda murakkab, bu yerda orqa miya va miyaning boshqa qismlaridan bosh miya poʻstlogʻiga boruvchi hamma sezgi nervlari almashinadi, yaʼni sezgini olib keluvchi nerv tolasi shu yerda tugab, undan yangi nerv tolalari orqali sezgilar bosh miya poʻstlogʻiga boradi. Koʻrish doʻmbogʻining orqa qismida poʻstloq osti koʻrish markazi bor, u sezgilarni analiz qilib, meʼyorida bosh miyadagi markazga oʻzatadi. Koʻrish doʻmbogʻining old qismi hid bilish sistemasini hosil qiladi. Doʻmboq osti sohasi moddalar almashinuvini, issiq-sovuqni tartibga solib turadi. Organizm ichki muhitining doimo bir xilda idora etilishini taʼminlaydi. Koʻrish doʻmbogʻining faoliyati buzilsa, odamning ruhiy holati (kishi sababsiz kuladi yoki yigʻlaydi) va organizm harorati (goh koʻtarilib, goh pasayadi) oʻzgaradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |